Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Istanbuldagi Per Loti tepaligi haqida eshitganmisiz? Ayyub Sulton kim bo‘lgan? (foto)

Istanbuldagi Per Loti tepaligi haqida eshitganmisiz? Ayyub Sulton kim bo‘lgan? (foto)

Ayyub Sulton masjidi.

Foto: Xabar.uz

Kecha xabar berganimizdek, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi tashkil etgan «Turkiyada Ramazon» dasturi doirasida o‘zbekistonlik va ozarbayjonlik ommaviy axborot vositalari xodimlari ushbu mamlakatda bo‘lib turishibdi. Ular orasida Xabar.uz muxbiri ham bor.

Safarning ikkinchi kuni birinchi yarmida jurnalistlar Istanbuldagi Per Loti tepaligi va Ayyub Sulton masjidini ziyorat qilishdi. Shu o‘rinda ushbu ikki qadamjo tarixiga qisqacha to‘xtalib o‘tsak.

Per Loti tepaligi — Istanbulning Ayyub tumanida joylashgan.

Per Loti tepaligi va qahvaxonasi

Fransuz yozuvchisi Lui Mari Juliyen Viaud 1876-yili Istanbulga keladi, bu yerda roman yozgan, keyinchalik ismini Per Loti deb o‘zgartirgan. 1920-yili yozuvchiga Istanbulning faxriy fuqarosi unvoni berilgan. Uning nomi dastlab ko‘chaga, keyin esa u doim tashrif buyuradigan qahvaxonaga berilgan. Qahvaxona Per Loti tepaligida joylashgan, shuning uchun tepalikning nomi Per Loti bo‘lib qoldi.

Per Loti tepaligi va qahvaxonasi

Per Loti tepaligi ajoyib manzarasi bilan kishini hayratga soladigan joy. Shuning uchun ham tepalik doim mahalliy va xorijlik sayyohlar bilan to‘lib-toshadi. Tepalikka dor orqali chiqiladi. U yerdagi shinam qahvaxonada o‘tirib, atrofni va dengizni tomosha qilish mumkin.

Per Loti tepaligi ajoyib manzarasi bilan kishini hayratga soladigan joy. Shuning uchun ham tepalik doim mahalliy va xorijlik sayyohlar bilan to‘lib-toshadi. Tepalikka dor orqali chiqiladi. U yerdagi shinam qahvaxonada o‘tirib, atrofni va dengizni tomosha qilish mumkin.

Jurnalistlar tepalikdan chiroyli kabinalarga joylashib, dor yo‘li orqali Ayyub Sulton masjidi tomon tushishdi. Masjid an’anaviy to‘rtburchak shaklda va ikkita minorali qilib qurilgan. Asosiy gumbaz oltita ustun bilan mustahkamlangan.

Masjid ichki ko‘rinishi
Masjid ichki ko‘rinishi

Masjid yonida Ayyub Sultoning maqbarasi joylashgan. U Muhammad sollallohu alayhi vasallamning bayroqdori hisoblangan.

Ayyub Sulton maqbarasi
Maqbara kirish qismi.
Masjid yonidagi qabriston
Masjid va maqbaraning ichki hovlisi
Qabriston yo‘li

So‘ng jurnalistlar Moviy masjid yoki Sultonahmat masjidini ziyorat qilishdi. Mazkur masjid qurilishi 1609-yilda boshlanib 1616-yili tugallangan. Uning oltita minorasi bor. Masjid jami 10 ming nafar ibodat qiluvchini sig‘dira oladi.

Sultonahmat masjidi
Sultonahmat masjidi ichki ko‘rinishi

Shu yerdagi qabristonda Ahmad I, Ko‘sem Sulton, Usmon II, Murod IV, Gavharxon Sulton, Oysha Xotun, shahzoda Sulaymon dafn etilgan.

Istanbulda Ramazon oyida kam ta’minlangan ro‘zadorlar uchun ko‘plab iftorlik chodirlari tikilgani e’tiborimizni tortdi. Yana dovul chalib kishilar saharlikka uyg‘otilar ekan. Shuningdek, Ramazon vaqtida to‘plardan o‘q uzish an’anasi davom ettirilmoqda.

Keyingi maqolamizda Ayo Sofiya tarixi muzeyi va masjidi hamda Islomda fan va texnologiyalar muzeyi haqida hikoya qilamiz, bizni kuzatishda davom eting.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring