O‘zbekiston Rossiyadan pishloq import qiluvchilar «uchtaligi»dan joy oldi

Rossiya 2024-yilda qariyb 33 ming tonna pishloq eksport qilib, bu boradagi o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarini 22 foizga ko‘proqqa yaxshilagan.
Rossiyaning Qishloq xo‘jaliklari mahsulotlari eksportini rivojlantirish federal markazi ma’lumotiga ko‘ra, bu boradagi eng yirik 3 ta import qiluvchi mamlakatlar qatoriga O‘zbekiston ham kiradi.
Ya’ni, mamlakat pishloq eksportidagi ulushlari:
- Qozog‘iston (52 foiz)
- Belarus (15 foiz)
- O‘zbekiston (12 foiz) davlatlariga to‘g‘ri kelgan.
Ma’lumot uchun, 2021-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 7,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,5 ming tonna pishloq va tvorog import qilgan va bunda Rossiyadan jami 1,1 ming tonna huddi shu turdagi mahsulotlar xarid qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter