O‘zbekiston bilan Surinam o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

Kecha, 21-fevral kuni Nyu-Yorkda O‘zbekiston hamda Surinam davlatlarining BMTdagi doimiy vakillari Ulug‘bek Lapasov va Sunil Standil ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunike imzoladilar.
Shu tariqa Surinam Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 158-davlat bo‘ldi.
«Bugun mening hamkasbim elchi Sunil Standil Janobi Oliylari bilan O‘zbekiston bilan Surinam o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzoladik. Ikki tomonlama munosabatlarimizni, jumladan, BMT doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldik», – deb yozadi Ulug‘bek Lapasov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter