O‘zbek boksi Osiyoda tengsiz!
Bugun Tailandda boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Finalda jang qilgan 10 nafar sportchimizdan 8 nafari chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Erkaklar o‘rtasidagi final bahslariga O‘zbekiston terma jamoasi eng ko‘p sportchi bilan yetib kelib, ularning sakkiz nafari chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ikki bokschimiz kumush, bir nafari bronzaga ega chiqdi.
Final janglaridagi O‘zbekiston va Qozog‘iston derbisida 5-2 hisobi qayd etildi.
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev - Sanjar Tashkenbay (Qozog‘iston) — 4:1
-51 kg: Asilbek Jalilov - Marvin Tabamo (Filippin) — 5:0
-54 kg: Shahzod Muzaffarov - Mahmud Sabirxan (Qozog‘iston) — 1:4
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Orazbek Assilkulov (Qozog‘iston) — 5:0
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov - Somchay Vongsuvan (Tailand) (jang 3-raundda to‘xtatildi)
-67 kg: Mujbillo Tursunov - Dulat Bekbauov (Qozog‘iston) — 5:2
-71 kg: Havasbek Asadullayev - Ablayxan Jussupov (Qozog‘iston) — 4:1
-75 kg: Javohir Ummataliyev - Dias Moljigitov (Qozog‘iston) — 5:0
-80 kg: To‘rabek Habibullayev - Jinxiang Vang (Xitoy) — 4:1
-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Bekzad Nurdauletov (Qozog‘iston) — 1:4
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha bokschi qizlarimiz Osiyo chempionatini to‘qqizta medal bilan yakunlashgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter