Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

572 nafar o‘zbekistonlik AQShdan chiqarib yuborildi

572 nafar o‘zbekistonlik AQShdan chiqarib yuborildi

AQSh Immigratsiya va bojxona xizmati 2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida 572 nafar O‘zbekiston fuqarosini mamlakatdan chiqarib yubordi.

Bu 2023 yilning shu davridagidan 6,5 barobar ko‘p.

Jami 271,5 mingga yaqin chet el fuqarosi AQShdan deportatsiya qilingan bo‘lsa-da, o‘zbekistonliklar soni bo‘yicha Rossiya, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa qator davlatlardan (Rossiya − 464, Afg‘oniston − 132, Tojikiston − 77, Qirg‘iziston − 69, Ukraina − 53, Armaniston − 27, Qozog‘iston − 23, Ozarbayjon − 13, Turkmaniston − 5) oldinda.

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp 11 mln migrantni mamlakatdan deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring