Ozarbayjonda 26 dekabr motam kuni deb e’lon qilindi
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 26-dekabrni Ozarbayjonda motam kuni deb e’lon qilishga doir qarorni imzoladi.
Motam kuni bugun, 25-dekabr kuni Boku-Grozniy yo‘nalishida parvoz qilgan «Embraer 190» yo‘lovchi samolyotining halokatga uchrashi oqibatida ko‘plab odamlarning qurbon bo‘lgani sababli e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon aviakompaniyasining Boku-Grozniy reysi bo‘yicha uchayotgan samolyoti Qozog‘istonda halokatga uchragani xabar qilingan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qulagan samolyot bortida 67 yo‘lovchi va 5 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Qozog‘iston FVVga ko‘ra, 32 nafar yo‘lovchi omon qolgan va ular shifoxonaga yetkazilgan. Samolyot yo‘lovchilaridan 37 kishi Ozarbayjon, 16 kishi Rossiya, 6 kishi Qozog‘iston va 3 kishi Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan. Omon qolganlar orasida 14 nafar Ozarbayjon fuqarosi, 10 nafar Rossiya fuqarosi, 2 nafar Qirg‘iziston fuqarosi bor. Uch nafar jarohatlangan shaxsning fuqaroligi hozircha aniqlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter