Ostonada qish: bir sutkada 120 ga yaqin YTH, 12 kishi jarohatlandi
Birinchi qor Qozog‘iston avtoyo‘llarida muammolar tug‘dirishni boshladi. Xususan, poytaxt Ostonada bir kunda 120 ga yaqin yo‘l-transport hodisasi qayd etilib, 12 kishi jarohatlangan.
«Ob-havo sharoitlari yomonlashuvi (qor yog‘ishi, ba’zi joylarda yo‘llarning muzlashi) sababli 12-oktyabr kuni poytaxt ko‘chalarida 118 ta YTH qayd etilib, ularda 12 kishi tan jarohati oldi», — deyiladi Ostona politsiya departamenti bayonotida.
Shuningdek, Shimoliy Qozog‘iston viloyatida yo‘llar muzlab, haydovchilar mushkul vaziyatlarga tushib qolishmoqda. Chelyabinsk–Novosibirsk trassasining 418-kilometrida bir yo‘la to‘rtta fura yo‘l muzlashi tufayli harakatlana olmay qolgan, shu yo‘lning 619-kilometrida esa 74 yoshli erkak yengil mashinasi bilan yo‘ldan chiqib ketgan.
Qolaversa, Jezqazg‘an–Petropavlovsk yo‘lining turli qismlarida qor va muz sababli bugunning o‘zida uchta jiddiy YTH sodir bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter