Hafta yakunida ob-havo qanday bo‘ladi?
Bugun O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kechasi Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin.
Ertaga, 4 yanvar kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Faqat Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
5 yanvar, yakshanba kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Farg‘ona vodiysi hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik kuzatiladi, asosan qor shaklida bo‘ladi. Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida faqat tunda va ertalabki soatlarda biroz qor yog‘ishi mumkin.
Kechasi harorat 0-5° sovuq, kunduzi 4-8° iliq, qor vaqtida 1-3° iliq bo‘ladi.
Respublikaning ayrim hududlarida tuman kuzatiladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zida yo‘ingarchilik, asosan qor shaklida kuzatiladi. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi mavjud.
Poytaxtimizda 3 yanvar kuni yog‘ingarchiliksiz, harorat 5-7° iliq bo‘ladi.
4 yanvar kuni kechqurun, shuningdek, 5 yanvar kuni kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (tunda qor) kuzatiladi. 5 yanvar kuni kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi harorat 0-3° sovuq, kunduzi 3-6° iliq bo‘ladi.
Kechasi va ertalabki soatlarda joylarda tuman tushadi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter