Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Osmondagi bolalar»ning uchinchi qismi suratga olinadi

«Osmondagi bolalar»ning uchinchi qismi suratga olinadi

Zulfiqor Musoqov ssenariysi va rejissyorligida «Osmondagi bolalar-3» badiiy filmi yaratiladi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, «Osmondagi bolalar-3» to‘liq metrajli badiiy filmi avvalgi qismlarini takrorlamasdan o‘zgacha talqinda bo‘ladi. Unda «Osmondagi bolalar»ning avvalgi filmlaridagi qahramonlar Xurshid, Javohir, Hamdam va Baxtiyorlarning otalik maqomiga erishgani va farzandlari bilan munosabatlari aks etadi.

— Menga telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali «Osmondagi bolalar» filmining navbatdagi qismi qachon chiqadi? Bizga qahramonlarning taqdiri qanday bo‘lgani juda qiziq», degan ko‘plab murojaatlar bo‘ldi. Bundan bilinadiki, tomoshabin ularni o‘zlari bilan bir hayotda yashayotgandek qabul qilgan. Shundan so‘ng, «Osmondagi bolalar-3» filmi ssenariysini yozdim. Hozir ijodiy guruh bilan mazkur kinofilm ustida ish boshlaganmiz, — degan Zulfiqor Musoqov.

Rejissyorga ko‘ra, qahramonlar o‘sha-o‘sha: Xurshid ko‘zga ko‘ringan jarroh, Hamdam taniqli ssenarist, Javohir sport murabbiyi, Baxtiyor esa biznes bilan shug‘ullanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring