Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Osiyodagi eng chuqur quduq qazildi

Osiyodagi eng chuqur quduq qazildi

Illyustrativ foto

Xitoy milliy neft-gaz kompaniyasi (CNPC) Osiyodagi eng chuqur tik quduq («Shenditake-1»)da burg‘ilash ishlari nihoyasiga yetkazilganini ma’lum qildi.

Quduq Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumani hududida, Takla-Makon cho‘lining Tarim havzasida joylashgan. Chuqurligi — 10 910 metr.

Foto: Sinxua

«Shenditake-1» neft va gaz qazib olishdan tashqari, geologik tadqiqotlar uchun ham mo‘ljallangan. Quduq 12 ta geologik qatlamdan o‘tib, 500 mln yillik tog‘ jinslariga qadar yetib borgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring