Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga bir yilda 75 mingga yaqin xitoylik turist kelgan

O‘zbekistonga bir yilda 75 mingga yaqin xitoylik turist kelgan

2024-yil davomida  Xitoydan O‘zbekistonga 74 304 nafar turistlar tashrif buyurgan.

Statistika agentligi bergan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2023 yil bilan solishtirilganda 31 834 nafarga oshgan.

2024 yilda  Xitoydan O‘zbekistonga kelgan turistlarning asosiy safar maqsadlari:

  • sayohat – 57 141 nafar
  • xizmat yuzasidan – 1 131 nafar
  • qarindoshlarni yo‘qlash – 1 228 nafar
  • tijorat – 1 177 nafar
  • o‘qish – 794 nafar
  • davolanish – 3 nafar

Ma’lumot uchun, 2023-yilda Xitoydan O‘zbekistonga 42 470 nafar turist kelgan bo‘lib, ularning 35,6 ming nafari dam olish, 4,8 ming nafari xizmat yuzasidan hamda ming nafardan ortig‘i tijorat maqsadlarida tashrif buyurgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring