Odiljon Abduqahhorov «O‘zbekkonsert»ga qaytdi

2017-2020 yillarda «O‘zbekkonsert» davlat muassasasini boshqargan Odiljon Abduqahhorov yana mazkur idoraga rahbar etib tayinlangan.
Bu borada joriy yil 11-mart kuni madaniyat vaziri o‘tkazgan majlisda ma’lum bo‘ldi. Mazkur majlisda Ozodbek Nazarbekov tizimdagi mas’lu rahbarlarga vazifalar yuklab, jumladan, «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorovga ijro intizomi holati yuzasidan tashkilotda amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha vazifalar» berilgani aytiladi.
Bungacha esa muassasaga 2023-yilning oktyabridan buyon Sanjar Erdanov rahbarlik qilib kelayotgan edi.
Odiljon Abduqahhorov esa bunga qadar vazirlik huzuridagi xalqaro festivallar direksiyasi direktori lavozimida ishlab kelgan. Direksiyaga ayni paytda Fotih Jalolov rahbarlik qilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter