Bosh prokurorga o‘rinbosar tayinlandi

Dilmurod Kasimov Bosh prokuror o‘rinbosari bo‘ldi. Bu haqda mahkama matbuot xizmaati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Kasimov Dilmurod Sultanmuratovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Dilmurod Kasimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil lavozimida ishlagan.
Kasimov prokuratura organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter