O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun, 11-mart kuni Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Sessiyada tuman hokimi lavozimidan ozod etilgan Sherzod Yuldashev o‘rniga yangi hokim tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Begmatov Ravshanbek Berdaliyevich nomzodi O‘zbekiston tumani deputatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun, Ravshanbek Begmatov shu kunga qadar Suv xo‘jaligi vazirligi irrigatsiya tizimlaridan va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter