Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini ko‘rsatdi
Mel Gibson yonib ketgan uyi suratlarini ko‘rsatib, Janubiy Kaliforniyadagi dahshatli yong‘inlar asl sababi nimadaligiga ishora qildi.
«Sheryurak» yulduzi Janubiy Kaliforniyada yuz bergan sertalafot yong‘inlarda ko‘chmas mulklaridan ayrilgan ko‘plab taniqli shaxslardan biri. Uning 14 mln dollarlik hashamatli uyi Malibuda joylashgandi. Fox telekanaliga intervyusida Mel Gibson 15 yil mobaynida to‘plagan o‘zi uchun qadrli narsalar — oilaviy fotoalbomlardan tortib XVII asrda chiqarilgan noyob kitoblargacha judo bo‘lganini aytdi.
Mel Gibson va yaqinlari yong‘in payti Ostin (Texsa shtati)da bo‘lishgani bois jabrlanishmadi.
«O‘g‘lim pasportlar va ayrim muhim hujjatlarni olib chiqishga ulgurdi... Bu fojia, bu juda qayg‘uli. Ammo qo‘shnilarimga ko‘proq achinaman. Qandaydir g‘alati aralash tuyg‘ularni og‘ushidaman: ham qayg‘u, ham yengillik. Hayotda qanchalik omadim chopganini o‘ylayman... Bular shunchaki buyumlar, ular topilishi yoki topilmasligi mumkin, ammo muhimi — biz hanuz shu yerdamiz. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, bo‘layotgan hodisalarga poklanish sifatida boqyapman», — dedi Mel Gibson.
U yong‘inlarning kelib chiqishi borasida kutilmagan fikrni o‘rtaga tashladi:
«Bu ko‘hna zamonlarda boy chorvadorlar odamlarni yerlaridan qay tarzda siqib chiqarganini yodimga soldi. Bilmayman... negadir o‘t o‘chiruvchilarga suv yetishmagani menga atayin uyushtirilganday tuyuldi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter