Mast haydovchi ikki mashinani pachoqlab, so‘ng temir ustunga urildi

Toshkent shahri Yangihayot tumanida mast haydovchi yo‘l-transport hodisasi sodir qildi. Bu haqda shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa kecha, 7 fevral kuni soat 23:10 larda Yangihayot tumani «Navqiron» MFY hududidagi 30-uy qarshisida yuz berdi. «Lacetti» rusumli avtomashina haydovchisi mast holatda rul boshqaruvini yo‘qotib, to‘xtab turgan 2 ta «Cobalt» avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etib, to‘qnashuvdan so‘ng temir ustunga borib urilgan.
Yuqoridagi holat yuzasidan voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan YPX inspektorlari, guvohlar va haydovchi bilan suhbat jarayonida haydovchi o‘z so‘zidan mast holatda ekanligi ma’lum qilgan.
YTH natijasida «Lacetti» haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda holat yuzasidan poytaxt IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan dastlabki tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter