Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Litva Rossiya bilan bog‘lovchi barcha elektr tarmoqlarini buzishni boshladi

Litva Rossiya bilan bog‘lovchi barcha elektr tarmoqlarini buzishni boshladi

Illyustrativ foto

Litvaning Litgrid tizim operatori mamlakatni Rossiya va Belarus bilan bog‘lovchi elektr uzatish liniyalarini buzishni boshladi.

Eslatib o‘tamiz, 8-9-fevral kunlari Boltiqbo‘yi mamlakatlari (Estoniya, Latviya va Litva) Rossiya energiya tarmog‘idan uzilib, Yevropa energetika tizimiga ulangan edi.

«Interfaks» xabariga ko‘ra, birinchi navbatda Kruonis GAES va Sovetskiy (Kaliningrad viloyati, Rossiya) o‘rtasidagi 330 kV elektr liniyalari ustunlari demontaj qilinadi.

Litva energetika vaziri Jigimantas Vaychyunasning aytishicha, demontaj energetika mustaqilligiga erishishning muhim qismidir.

«Endi kerak bo‘lmay qolgan infratuzilmani demontaj qilishni boshlaymiz. Uskunalar yaxshi holatda, ularni Ukrainaga beramiz. Gibrid tahdidlar kuchayib borayotgan sharoitda o‘z energetika infratuzilmamizni muhofaza qilish masalasi yanada dolzarblashdi», — dedi vazir.

Litgrid rahbari Rokas Masyulis ma’lum qilishicha, Belarus va Kaliningrad bilan bog‘lovchi liniyalar to‘liq demontaj qilinganidan so‘ng 900 gektar yer bo‘shaydi.

Litva Belarus bilan bog‘lovchi barcha elektr tarmoqlarini 2026 yil yakuniga qadar demontaj qilishni rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun: Boltiqbo‘yi mamlakatlari ulangan kontinental Yevropa yagona energetika tizimi 26 mamlakat energiya tizimlarini birlashtirgan bo‘lib, 400 milliondan ziyod insonga xizmat ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring