Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harbiy texnologiyalari eng kuchli mamlakatlar e’lon qilindi

Harbiy texnologiyalari eng kuchli mamlakatlar e’lon qilindi

Illyustrativ foto

Harbiy texnologiyalarining taraqqiyoti bo‘yicha jahonda yetakchi mamlakat — AQSh. Rossiya va Fransiya — ikkinchi o‘rinda. Bu haqda Janubiy Koreyaning mudofaa texnologiyalarini targ‘ib qilish instituti taqdim etgan «Mamlakatlarning mudofaa fanlari va texnologiyalari darajasi tadqiqoti-2024»da ko‘rsatilgan.

Fransiya va Rossiya harbiy texnologiyalari umumiy darajasi AQShnikiga solishtirganda 89 foizni tashkil etgan. AQSh bu borada oxirgi olti yilda Germaniya (3-o‘rin), Buyuk Britaniya (4) va Italiya (10)dan ancha o‘zib ketgan.

Harbiy texnologiyalari taraqqiyotiga ko‘ra, Xitoy — 6, Isroil — 7, Janubiy Koreya — 8, Hindiston — 11, Ispaniya — 12-o‘rinda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring