Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Gruziya pochtasi» orqali o‘g‘irlangan narsalarni tashigan jinoyatchilar qo‘lga olindi

«Gruziya pochtasi» orqali o‘g‘irlangan narsalarni tashigan jinoyatchilar qo‘lga olindi

Foto: Bild

Germaniyada 200 politsiyachi ishtirokida katta reyd o‘tkazildi, deb xabar berdi Bild nashri. Berlin, Gamburg, shuningdek, Baden-Vyurtemberg va Bavariya federal yerlarida oltita xonadon va omborlarda tintuv o‘tkazildi.

Jinoiy guruhning 12 nafar a’zosi qo‘lga olingan, barchasi Gruziya fuqarolari. Ular butun Germaniya bo‘ylab velosipedlar, alkogol, parfyumeriya va elektrotexnika mahsulotlarini o‘g‘irlab, pochta orqali Gruziyaga jo‘natib kelishgan. O‘g‘irlangan narsalar qiymati millionlab yevroni tashkil etadi.

Foto: Bild

Gruziya davlat pochta operatori — Georgian Post («Gruziya pochtasi») kompaniyasi subpudratchisida ishlagan 54 yoshli gruziyalik jinoiy guruhga bosh bo‘lgan. Guruhning ayrim a’zolari ham Georgian Postda ishlagan. 2023-yilning martidan buyon ular Germaniyada o‘g‘irlangan narsalarni Gruziyaga mikroavtobuslar va yuk mashinalarida jo‘natishni yo‘lga qo‘ygan. Jinoiy guruh faoliyati ikki yil davomida Germaniya politsiyasi kuzatuvida bo‘lgan.

Foto: Bild
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring