Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gruziyada namoyishlarda niqob va lazerlardan foydalanish taqiqlandi

Gruziyada namoyishlarda niqob va lazerlardan foydalanish taqiqlandi

Foto: Irakli Gedenidze/Reuters

Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili o‘z inauguratsiyasi kuni namoyishlarda niqob va lazerlardan foydalanishni taqiqlovchi qonnunni imzoladi.

Qonunga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, namoyishga chiqqan Gruziya fuqarolari yuzlarini niqob va boshqa vositalar bilan to‘sishi hamda pirotexnika va lazerlardan foydalanishi man etiladi (namoyishchilar lazerlardan politsiyachilarning ko‘zlarini qamashtirish va kuzatuv kameralaridan panalanish uchun foydalanib kelishgan).

Gruziya oltinchi prezidentining inauguratsiyasi kecha, 29-dekabr kuni o‘tkazildi. Birinchi marta prezident xalq tomonidan saylanmadi. Oldingi prezident Salome Zurabishvili Kavelashvilini tan olmayapti.

Muxolifatchilar kecha o‘tkazilgan namoyishda inauguratsiyadan so‘ng Kavelashviliga qizil kartochka ko‘rsatishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring