Yevropaning yetakchi mamlakatlari arablarning G‘azoni tiklash rejasini qo‘llab-quvvatladi

Rafahdagi vayrona. G‘azo sektori.
Misr tomonidan ilgari surilgan va Arab davlatlari ligasi tomonidan tasdiqlangan G‘azo sektorini tiklash rejasi Yevropaning yetakchi davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Bu haqda Italiya TIV, bugun, 8-mart kuni bayonot berdi.
Hozir sektorda chidab bo‘lmas sharoitda yashayotgan falastinliklarni qutqarish o‘ta dolzarb, bu G‘arb mamlakatlari TIV rahbarlarini qo‘shma bayonot berishga undadi.
«Biz, Fransiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari G‘azoni tiklash va qayta qurish bo‘yicha arab tashabbusini olqishlaymiz. Rejada G‘azoni tiklashning real yo‘li belgilab berilgan va u amalga oshgan taqdirda G‘azoda yashayotgan falastinliklarning halokatli hayot sharoiti tez va barqaror yaxshilanishi ta’minlanadi», — deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, Arab davlatlari ligasi bir ovozdan qabul qilgan G‘azoni tiklash rejasi AQSh tomonidan rad etilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter