AQSh Arab davlatlarining G‘azo bo‘yicha taklifini rad etdi

Qo‘shma Shtatlar Arab davlatlari ligasi (ADL)ning G‘azo sektorini normallashtirish bo‘yicha taklifini, bu tashabbuslarni yetarlicha emas deb hisoblab, qabul qilmadi. AQSh davlat departamentining matbuot xizmati rahbari Temmi Bryus jurnalistlar uchun muntazam brifingida bu haqda ma’lum qildi.
«Arab mamlakatlari Misr orqali kiritgan taklif kutilmalarga muvofiq kelmadi», — dedi AQSh tashqi siyosat idorasi rasmiy vakili.
Arab davlatlari ligasi 4-mart kuni Falastin masalasida o‘tkazgan favqulodda sammitda Misr tomonidan tayyorlangan G‘azo sektorini tiklash rejasi va yakuniy deklaratsiya qabul qilingan edi. Deklaratsiyada, jumladan, BMT Xavfsizlik kengashidan tinchlikparvar kuchlarni G‘azo sektori hamda Iordan daryosining G‘arbiy sohiliga jo‘natish so‘ralgan murojaat o‘rin olgan. Deklaratsiyada, shuningdek, Falastin milliy ma’muriyati boshchiligida G‘azo sektorini boshqarish qo‘mitasi faoliyat yuritishi haqida so‘z boradi. Bundan tashqari, Arab ligasiga a’zo davlatlar Falastin-Isroil nizosini har tomonlama hal etishga qaratilgan muzokaralarni qayta boshlash uchun Donald Tramp ma’muriyati va boshqa xalqaro sheriklar bilan hamkorlikda darhol ish boshlashga tayyorligini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter