Ukraina o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatishga rozi bo‘ldi

Ukraina harbiy harakatlarda 30 kunlik tanaffusga rozi bo‘ldi, AQSh harbiy ta’minot va razvedka ma’lumotlarini almashishni tiklaydi. Bu haqda Saudiya Arabistonida kechgan Ukraina va AQSh muzokaralarining qo‘shma bayonotida aytiladi.
Ukraina va AQSh delegatsiyalari Jiddadagi muzokaralar yakunida qo‘shma bayonot berdi.
Uning eng muhim elementlari: Ukraina “Rossiya Federatsiyasi tomonidan qabul qilinishi va aniq bajarilishi sharti bilan tomonlarning o‘zaro kelishuvi bilan uzaytirilishi mumkin bo‘lgan 30 kunlik vaqtinchalik sulh”ga rozi bo‘lishga tayyor.
Bayonotda, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam va razvedka ma’lumotlarini almashishni qayta boshlaydi.
AQSh davlat kotibi Marko Rubioga ko‘ra, endi javob berish navbatida Rossiya tomonida. Hozircha rasmiy Moskva mazkur bayonotlarga javob berganicha yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter