AQSh USAID dasturlarining 83 foizini yopishini e’lon qildi

AQSh USAID dasturlarining 83 foizi bekor qilinganini rasman e’lon qildi.
Davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, olti haftalik tekshiruvdan so‘ng AQSh rahbariyati ana shunday xulosaga kelgan.
«Milliardlab dollarlar Vashington milliy manfaatlariga mos kelmaydigan maqsadlarga sarflangan», – dedi Rubio.
Shuningdek, oldinroq USAIDning 10 ming nafar xorijda ishlayotgan xodimlari soni 97 foiz qisqartirilib, faqat 300 nafari qolishi hamda xorijiy davlatlar uchun rejalashtirilgan 60 mlrd dollar yordam to‘xtatilishi aytilgan edi.
AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, 5200 ta shartnoma bekor qilingan, ularda «o‘nlab milliard dollar» AQShning asosiy milliy manfaatlariga xizmat qilmaydigan mablag‘lar aniqlangan.
«Kongress bilan maslahatlashuvlar natijasida mingga yaqin dastur saqlanib qoldi. Qolgan 18 foiz dasturlar endi AQSh Davlat departamenti tomonidan yanada samaraliroq boshqariladi», – dedi Rubio «X»da qoldirgan postida.
Eslatib o‘tamiz, Amerikaning USAID gumanitar agentligi Donald Tramp inauguratsiyasidan ko‘p o‘tmay butun dunyo bo‘ylab loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi va agentlikning o‘zi amalda AQSh Davlat departamenti nazoratiga o‘tdi.
Fevral oyi boshida Tramp agentlikni korrupsiyada ayblab, USAID yopilishi kerakligini aytgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter