Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YChL umumiy bosqichi yakunlandi: 18 o‘yin natijasi va turnir jadvali

YChL umumiy bosqichi yakunlandi: 18 o‘yin natijasi va turnir jadvali

Lill (Fransiya) so‘nggi turning eng yorqin jamoasi bo‘ldi — Feyenoordni 6:1 hisobida tor-mor qildi.

UEFA Chempionlar ligasida umumiy guruh bosqichi yakunlandi.

8-tur natijalari:

Barselona 2:2 Atalanta
Inter 3:0 Monako
Shtutgart 1:4 PSJ
Yuventus 0:2 Benfika
PSV 3:2 Liverpul
Manchester Siti 3:1 Bryugge
Brest 0:3 Real Madrid
Bayer 2:0 Sparta
Borussiya D 3:1 Shaxtyor
Bavariya 3:1 Slovan
Zalsburg 1:4 Atletiko
Jirona 1:2 Arsenal
Aston Villa 4:2 Seltik
Sporting 1:1 Bolonya
Dinamo Zagreb 2:1 Milan
Shturm 1:0 Leypsig
Lill 6:1 Feyenoord
Yang Boyz 0:1 Srvena Zvezda

Sakkiz jamoa 1/8 finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oldi: «Liverpul», «Barselona», «Arsenal», «Inter», «Atletiko», «Bayer», «Lill» va «Aston Villa».

So‘nggi turda ko‘pchilik Abduqodir Husanov to‘p surayotgan «Manchester Siti»ning keyingi bosqichga chiqishiga umid qilayotgandi va Gvardiola jamoasi buni qiyinchilik bilan bo‘lsa-da uddaladi va qo‘shimcha pley-offga yo‘l oldi.

«Real», «Bavariya», «Milan» va «Yuventus» ham o‘tish bosqichi — 1/16 finalda o‘ynaydi. Shu bosqichdayoq «Siti»ga «Real» yoki «Bavariya» to‘qnash keladi — 31 yanvar kungi qur’ada bu oydinlashadi.

16 jamoa 1/8 finalga o‘tish uchun qo‘shimcha pley-off bosqichida kurashadi: «Atalanta», «Borussiya D», «Real», «Bavariya», «Milan», PSV, «PSJ», «Benfika», «Monako», «Brest», «Feyenoord», «Yuventus», «Seltik», «Manchester Siti», «Sporting» va «Bryugge».

Yakuniy jadval

24-o‘rindan pastdagi jamoalar uchun turnir yakuniga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring