O‘zbekiston U-20 penaltilar seriyasida Janubiy Koreyaga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo chempionati doirasida Janubiy Koreyaga qarshi chorak final bahsida maydonga tushdi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqasidayoq Koreya darvozasi tomon penalti belgilandi, ammo Muhammadali O‘rinboyev yo‘llagan zarbani darvozabon qaytardi. Shunday bo‘lsada, hisobni ochish o‘zbekistonlik yoshlarga nasib qildi. Uchrashuvning 18-daqiqasida Asilbek Jumayev burchak to‘pidan so‘ng bosh bilan to‘pni raqib darvozasiga kiritdi.
Shundan so‘ng tashabbus Janubiy Koreya tomoniga o‘tdi va raqib 26, 56 va 61-daqiqalarda gol kiritib, hisobni bir yo‘la 3:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
Uchrashuv taqdiri hal bo‘lganday ko‘ringan lahzalarda O‘zbekiston U-20 qo‘shimcha daqiqalarda ikkita gol urib, hisobni tenglashtirdi va o‘yin qo‘shimcha bo‘limlarga ko‘chdi. Yoshlarimiz safida Muhammadali O‘rinboyev va Abdug‘ofur Haydarov gol kiritdi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda hisob o‘zgarmadi. Penaltilar seriyasida esa Janubiy Koreya U-20 terma jamoasi omadliroq ishtirok etdi va g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Chilida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.
Janubiy Koreya U-20 - O‘zbekiston U-20 - 3:3
Penaltilar seriyasi: 3:1
Gollar: Shin Min Xa 26, 56, Kim Taye Von 61 - Asilbek Jumayev 18, Muhammadali O‘rinboyev 90+1, Abdug‘ofur Haydarov 90+4 -
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter