Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi bog‘cha tarbiyachilari ham vazir jamg‘armasidan ustama olishlari mumkin

Endi bog‘cha tarbiyachilari ham vazir jamg‘armasidan ustama olishlari mumkin

Hukumatning ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning yozishicha, endilikda vazir jamg‘armasidan har oylik ustama olish uchun nomzodlar ro‘yxati avvalgidek hududiy kengashlar tavsiyasi asosida shakllantirilmaydi. Sinovlarda barcha fan o‘qituvchilari (avval MTT tarbiyachilari ustama olishga da’vogarlik qila olmasdi) ishtirok etishi mumkin.

«Sinovlarda barcha fan o‘qituvchilari, shuningdek,  MTT tarbiyachilari ham ishtirok etib, ustama uchun da’vogarlik qilishlari mumkin», – deydi Umarova.

Hukumat qarori bilan, shuningdek, pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishining tartibi tasdiqlangan. Unga ko‘ra, malaka toifa test sinovlarida ishtirok etib (ikkala bosqichda), oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball to‘plagan pedagoglarga beriladi.

Qolaversa, endi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarga navbatdagi majburiy attestatsiyaning birinchi bosqichi (mutaxassislik fani va kasb standarti) bo‘yicha malaka sinovidan ozod qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring