Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bolalarga zaharli ilon bilan tomosha ko‘rsatganlarga chora ko‘riladi

Bolalarga zaharli ilon bilan tomosha ko‘rsatganlarga chora ko‘riladi

Ijtimoiy tarmoqlarda bolalarga zaharli ilonlar bilan tomosha ko‘rsatilganligi aks etgan videotasvir tarqaldi.

Bolalar ombudsmani ushbu holatga munosabat bildirib, uning nazoratga olinganini bildirdi.

Qayd etilishicha, videoda ko‘ringan ilon hozirda noyob, Qizil kitobga kiritilgan O‘rta Osiyo kobrasi bo‘lib, maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilarga tomosha uyushtirganlar va bog‘cha ma’muriyati bolalarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan vaziyatni yaratishgan.

«Hozirda Ichki ishlar organlari tomonidan mazkur holat qachon va qayerda sodir bo‘lganligini aniqlash choralari ko‘rilmoqda, buning natijasida vaziyatga huquqiy baho berish masalasi hal etiladi», – deb yozmoqda Bolalar ombudsmani axborot xizmati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring