Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bolasini qattiq jazolagan ayol qamoqqa olindi

Bolasini qattiq jazolagan ayol qamoqqa olindi

Ona uydagi shirinlikni ruxsatsiz yegan bolasini qo‘lini kuydirdi.

Bolalar ombudsmani tomonidan aniqlanishicha, X.A  (1991 yilda tug‘ilgan ayol) 2024 yil 30 oktyabr kuni  8 yoshli o‘g‘li B.A (2016 yilda tug‘ilgan) uydagi shirinliklarni ruxsatsiz yeganligi sababli uni go‘yoki jazolash maqsadida barmoqlari orasi va boshqa tana a’zolariga paxta tiqib, yoqqan.

Natijada bola tanasida 1 va 2-darajadagi kuyish yuzaga kelib, u yengil tan jarohati olgan.

Olmaliq shahar IIB tomonidan X.A ga nisbatan JKning 110-moddasi (Qiynash) 2-qismi «a» bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va yashiringani tufayli unga qidiruv e’lon qilingan. Joriy yilning 7 fevral kuni X.A. prosessual tartibda ushlanib, unga tegishli sud ajrimi asosida qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan bola manfaatlari nuqtai nazaridan o‘z kuzatuvini davom ettiradi, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun: Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyat uchun 360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring