Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayrim shaxslarning O‘zbekistondan chiqib ketishini vaqtincha cheklash rejalashtirilyapti

Ayrim shaxslarning O‘zbekistondan chiqib ketishini vaqtincha cheklash rejalashtirilyapti

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi majlisida Jinoyat protsessida majburlov choralari institutini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Majlisda deputatlarning ta’kidlashicha, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash borasidagi eng muhim kafolatlardan biri sifatida huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlarini qonun bilan muhofaza qilish, jabrlanganlarga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi uchun davlat shart-sharoitlar yaratishi belgilangan.

Biroq, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilmagan hollarda, ushbu shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini tark etib surishtiruv, tergov yoxud suddan yashirinish holatlari kuzatilmoqda. Natijada, jinoyatdan jabrlangan shaxslarning huquqlarini tiklash, ularga yetkazilgan zararlarni koplash imkoniyati pasaymoqda.

Ushbu qonun loyihasi bilan esa ayrim qonun hujjatlariga tegishlicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ya’ni, kelgusida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilmagan, biroq O‘zbekiston Davlat chegarasini tark etib surishtiruv, dastlabki tergov yoxud suddan uzrli sabablarsiz bo‘yin tovlashi mumkinligiga yetarli asoslar mavjud bo‘lganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan ularning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqi vaqtincha cheklab qo‘yilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring