Fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlanyapti

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi «O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qonuni loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.
Qayd etilishicha, mazkur Konsepsiya vijdon erkinligi huquqini va O‘zbekiston dunyoviy davlat ekanligiga oid konstitutsiyaviy qoidalarni ro‘yobga chiqarish hamda diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, vazifalari, prinsiplarini va ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi.
Konsepsiya, shuningdek, davlatchilik rivojining boy milliy-tarixiy tajribasiga va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, ko‘pmillatli va ko‘pkonfessiyali O‘zbekistonda umumjamiyat manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, demokratiya, dunyoviylik, erkinlik, tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik asosida o‘zaro totuvlikda yashash hamda izchil taraqqiy etish uchun zarur barqaror muhitni ta’minlashga qaratilgan.
Ta’kidlanishicha, Konsepsiyaning qabul qilinishi va sohada yagona davlat siyosatining amalga oshirilishi fuqarolarning teng huquqliligini kafolatlaydi, dunyoviylikni turlicha talqin qilinishini hamda buzilishining oldini olishga, mamlakat aholisining, ayniqsa yoshlarning salohiyatini yuksaltirishga, ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqining totuvligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Konsepsiya loyihasi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi bugun, 31-yanvar kuni parlament Quyi palatasi deputatlari tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Qonun loyihasi matni bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter