Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sut mahsulotlari ustiga uning tabiiy yoki quruq sutdan ishlab chiqarilganini yozib qo‘yish shart bo‘ladi

Sut mahsulotlari ustiga uning tabiiy yoki quruq sutdan ishlab chiqarilganini yozib qo‘yish shart bo‘ladi

2025-yilning 1-sentyabridan boshlab, sanoat sharoitida qayta ishlangan va importdan keltirilib realizatsiya qilinayotgan sut va sut mahsulotlarini kamida har olti oyda bir marta davriy baholashdan o‘tkaziladi.

Bunda davriy baholash bilan bog‘liq harajatlar Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.

Shuningdek, sut va sut mahsulotlarining tamg‘asida «tabiiy sut», «tabiiy sutdan ishlab chiqarilgan» yoki «quruq sutdan ishlab chiqarilgan» yozuvlarini majburiy ko‘rsatish tartibi joriy etiladi.

Ushbu tartiblar Savdo-sanoat palatasi tomonidan ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan «Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi Prezident qarori loyihasida belgilab qo‘yilmoqda.

Hujjat loyihasida, shu bilan birga SSP zimmasiga Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-iyunga qadar «O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifatni nazorat qilish markazi» davlat muassasasining hududiy laboratoriyalarida, xususan dastlabki bosqichda Toshkent, Samarqand, Namangan viloyatlarida sut va sut mahsulotlarining xavfsizligini to‘liq tahlil qilish uchun laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va laboratoriyalar vakolatlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring