Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Argentina «energetika inqilobi»ni amalga oshirmoqchi

Argentina «energetika inqilobi»ni amalga oshirmoqchi

Atucha AES.

Foto: Atomic-energy.ru

Argentina hukumati yadroviy energetikani rivojlantirish dasturini taqdim etdi, Clarin gazetasi yozishicha, unga «energetika inqilobi», deya nom berilgan.

«Atom energiyasi zafar bilan qaytmoqda, biz bu jarayonda ortda qolmasdan, eng oldingi qatorlarda bo‘lmoqchimiz», — dedi mamlakat prezidenti Xaver Miley Argentina hukumatining rasmiy qarorgohi — Atirgullar saroyida o‘tkazilgan tadbirda.

Tadbirda Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi qatnashdi.

Argentinaning tashabbusi MAGATE tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda va ikki bosqichga ajratilgan. Birinchisida Atucha AES maydonida kichik modulli reaktor qurilishi rejalashtirilgan. Bu bilan butun mamlakat bo‘ylab elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanib, o‘chishlar soni keskin qisqarishi kutilmoqda.

Ikkinchi bosqichda Argentina o‘z uran zaxiralarini qayta ishlashga kirishadi. Bunda energiyaga bo‘lgan ichki ehtiyoj qoplanib, yuqori qiymatli yadroviy yoqilg‘ini eksport qilish imkoniyati ham paydo bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring