AQShning taktik yadroviy quroli Britaniyada joylashtirilishi mumkin
Angliya sharqidagi Saffolk grafligi hududidagi Leykenhit harbiy bazasida AQShning taktik yadroviy quroli joylashtirilishi mumkin. Bu haqda Telegraph xabar berdi.
Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, mazkur aviabazada hozirda shunday qurolni saqlashga mo‘ljallangan bir necha million funt qiymatli saqlovxona qurilmoqda. Qurilish yaqin yillarda bitkaziladi.
Yevropada AQShning 100 ga yaqin B61 yadroviy bombalari joylashtirilgan, ular NATOga a’zo Belgiya, Italiya, Niderlandiya, Turkiya va Germaniyadagi bazalarda saqlanmoqda. Shunday bombalardan yana 150 tasi AQShda bo‘lib, F-35 qiruvchi samolyotlari orqali tashlanishi mumkin.
Gazeta AQShga harbiy qaramlikni pasaytirish maqsadida Buyuk Britaniya va Fransiya o‘z taktik yadroviy qurolini ishlab chiqish uchun ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganiga ham e’tiborni qaratdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter