Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2025-yilgi Navro‘z bayrami «Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!» shiori ostida nishonlanadi

2025-yilgi Navro‘z bayrami «Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!» shiori ostida nishonlanadi

2025-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda «Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!» degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida yuqori saviyada keng nishonlanadi.

Bu borada Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Bosh vazir raisligida tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlanadi.

Tashkiliy qo‘mita Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda Konsepsiya asosida ishlab chiqiladigan Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash bo‘yicha tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy hamda targ‘ibot tadbirlari dasturini tasdiqlaydi, shuningdek, uning amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Qayd etilishicha, bu yilgi Navro‘z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama e’zozlash, «Mehribonlik», «Saxovat» va «Muruvvat» uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan va ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olinadi, ular uchun bayram dasturxoni yozish hamda turli xayriya tadbirlari o‘tkaziladi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi «Yangi O‘zbekiston» majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillarini tashkil etiladi.

O‘tkaziladigan bayram tadbirlarining xarajatlari:

  • Toshkent shahrida – respublika budjeti va Toshkent shahri mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – tegishli mahalliy budjetlar hamda homiylik xayriyalari hisobidan qoplanishi belgilandi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring