Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorga maktabda kasb-hunar to‘garaklarini tashkil etishga ruxsat beriladi

Tadbirkorga maktabda kasb-hunar to‘garaklarini tashkil etishga ruxsat beriladi

Endilikda o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan tadbirkorlar va hunarmandlarning o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi.

Bu borada Hukumatning joriy yil 11-fevralda qabul qilingan 78-son qarori bilan tegishli Nizom tasdiqlandi.

Nizom, jumladan, quyidagilarni nazarda tutadi:

  • umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari;
  • umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishni tashkil etish tartibi;
  • tadbirkorlar tomonidan maktablarda kasb-hunar to‘garaklarini tashkil etish asoslari;
  • umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan binolarini tadbirkorlarga ijaraga berishda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi va tadbirkorlarning majburiyatlari.

Kasb to‘garaklariga kasbga qiziqishi bo‘lgan 7–11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi.

2025-yildan 8-sinf o‘quvchilari uchun sanoat, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, agrotexnologiya sohalaridagi korxona va tashkilotlarga ekskursiyalar tashkil etiladi.

2024/2025 o‘quv yili yakunigacha maktablar bitiruvchilarini egallaydigan kasb-hunari bo‘yicha amaliy imtihondan o‘tkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi joriy etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring