O‘zbekiston qamoqxonalaridagi kitobxon mahkumlar muddati qisqartirilishi mumkin

O‘zbekiston qamoqxonalarida kitobxon mahkumlarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin.
«Milliy tiklanish» partiyasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, partiya xorijiy tajribadan kelib chiqib, bir necha yillardan buyon kitobxon mahkumlarning jazo muddatini qisqartirish taklifini ilgari surib kelmoqda.
«Nihoyat bu bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi», – deb yozmoqda partiya axborot xizmati.
Qayd etilishicha, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha 1 ta kitob o‘qigan va belgilangan imtihonni topshirgan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqartiriladi. Bunda yiliga ko‘pi bilan 10 ta kitob o‘qish mumkinligi belgilanyapti.
Mahkumlar o‘qiydigan adabiyotlar ro‘yxati Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tasdiqlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter