Mahalla raislarining vakolat muddatlarini uzaytirish rejalashtirilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan majlisda deputatlar ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga doir hujjat loyihasini ko‘rib chiqdi.
Mazkur qonun loyihasi bilan, jumladan, fuqarolar yig‘ini raisi vakolatlari muddatini uch yildan besh yilga o‘zgartirish hamda fuqarolar yig‘ini raisi vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda bo‘shab qolgan o‘rinlarga yangi saylov o‘tkazish orqali fuqarolar yig‘ini raisini besh yil muddatga saylash tartibini belgilash nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, Oliy Majlis Senati Kengashining fuqarolar yig‘ini raisi saylovini o‘tkazish bilan bog‘liq vakolatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga o‘tkazish rejalashtirilyapti.
Bundan tashqari, fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi respublika komissiyasining fuqarolar yig‘ini raisi saylovini o‘tkazish bilan bog‘liq vakolatlari Fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalariga o‘tkazish hamda hududiy fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlarining nomini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlari sifatida o‘zgartirish nazarda tutilmoqda.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter