Xorvatiyadagi saylovda amaldagi prezident g‘alaba qozondi
Kecha, 12-yanvar kuni Xorvatiyada prezidentlik saylovining ikkinchi turi bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi prezident Zoran Milanovich g‘alaba qozondi.
Milanovich o‘z g‘alabasini so‘nggi besh yillik faoliyatiga berilgan baho deya ta’rifladi.
Ikkinchi turda 3 769 598 nafar xorvatiyalik ovoz berish huquqiga ega edi. Ularning 44,17 foizi saylovda qatnashdi.
Saylov varaqalarining 99,59 foizi sanab chiqilganidan so‘ng, Milanovich 1 117 751 nafar saylovchining ovozini to‘plagani ma’lum bo‘ldi. Hukmron HDZ partiyasi vakili Dragan Primorats to‘plagan ovoz — 379 201 ta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter