Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ijtimoiy karta»ni muomalaga chiqarish va foydalanish tartibi belgilandi

«Ijtimoiy karta»ni muomalaga chiqarish va foydalanish tartibi belgilandi

«Ijtimoiy karta»ni muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish moliyaviy agent vazifasini bajaruvchi rezident tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda:

  • barcha fuqarolar uchun dastlab elektron ijtimoiy karta muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi;
  • bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta fuqarolarning xohishiga ko‘ra muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi.

Joriy yil 27-dekabr kuni qabul qilingan «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda «ijtimoiy karta» tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qaroriga ko‘ra, shuningdek, «Ijtimoiy karta»ni muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish bo‘yicha arizalar quyidagilar orqali taqdim etiladi:

  • YaIDXP (my.gov.uz);
  • «Ijtimoiy karta» mobil ilovasi;
  • «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda alohida hollarda ijtimoiy xodimlar;
  • moliyaviy agent.

Ijtimoiy kartani samarali amaliyotga tatbiq etish hamda «Ijtimoiy karta» AT va mobil ilovaning lozim darajada ishlashini ta’minlash maqsadida:

  • 2025-yil 1-yanvardan boshlab «Ijtimoiy karta» AT va mobil ilovani texnik qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy karta bo‘yicha to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi to‘lov tashkilotining tunu-kun faoliyat ko‘rsatadigan texnik xizmati tomonidan amalga oshiriladi;
  • 2025-yil 1-fevraldan ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish masalalari bo‘yicha Agentlikning axborot-ma’lumotnoma xizmatlarini ko‘rsatuvchi «1070» qisqa raqamli va tunu-kun faoliyat ko‘rsatadigan xizmati («Ishonch telefoni») faoliyati test rejimida yo‘lga qo‘yiladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring