Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiya bilan so‘nggi aloqalarini ham uzdi

Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiya bilan so‘nggi aloqalarini ham uzdi

Boltiqbo‘yi davlatlari – Latviya, Estoniya va Litva Yevropa elektr tarmog‘i bilan to‘liq uyg‘unlashtirildi. Ular Litva-Polsha yo‘nalishi orqali Yevropa energetika tizimiga ulandi. Vilnyusda bo‘lib o‘tgan enegetika tizimini o‘zgartirishga bag‘ishlangan marosimida uch davlat rahbarlari, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen va Polsha prezidenti Anjey Duda ishtirok etdi.

Bu boltiqbo‘yi davlatlarining, Sovet Ittifoqi parchalanganidan o‘ttiz yil o‘tib, Rossiya bilan so‘nggi aloqalarini uzganini anglatadi. Shuningdek, tadbirda ushbu harakat Boltiqbo‘yi davlatlari uchun ham, Yevropaning boshqa mamlakatlari uchun ham geosiyosiy va ramziy ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

«Nihoyat, tahdid va shantajdan ozod bo‘lindi», – deydi Ursula fon der Lyayen.

Shanba kuni Boltiqbo‘yi davlatlari va Rossiya, Belarus hamda Rossiyaning Kaliningrad anklavi o‘rtasidagi barcha elektr tarmoqlari birin-ketin uzilgan.

NATO a’zolari bo‘lgan Boltiqbo‘yi davlatlari 1990-yilda Sovet Ittifoqidan mustaqilligini e’lon qilganidan beri Rossiya bilan ko‘pincha qiyin munosabatlarga duch kelgan. Bu munosabatlar Rossiyaning 2022-yilda Ukrainaga keng ko‘lamli hujumidan so‘ng yanada taranglashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring