Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda «aqlli» hojatxona ochildi (foto)

O‘zbekistonda «aqlli» hojatxona ochildi (foto)

Foto: Turizm va ma’daniy meros agentligi

Toshkentda sanitariya-gigiyenik shoxobchasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mirobod tumani, Lokomotiv ko‘chasida joylashgan ushbu shoxobcha erkaklar, ayollar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan hojatxonalar, yuvinish xonasi hamda xodimlar uchun mo‘ljallangan xonani o‘z ichiga olgan. Bu O‘zbekistondagi birinchi avtomatlashtirilgan sanitar-gigiyenik shoxobcha hisoblanadi.

Qayd etilishicha, mazkur shoxobchaning boshqa shu singari shoxobchalardan asosiy afzalligi uning avtomat rejimda ishlashi va eng zamonaviy sanitar-gigiyenik moslamalar bilan jihozlanganligidir. Qolaversa, unda jismoniy imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yosh bolali ota-onalar qulay foydalanishlari uchun ham imkoniyatlar yaratilgan.

Tadbirkor Kamoliddin Danaboyevning aytishicha, shoxobcha avtomatlashtirilgan rejimda ishlaydi. Har bir jarayon uchun alohida vaqt belgilangan. Agar, masalan, hojatxonaga kirgan fuqaroning salomatligida biror muammo yuzaga kelsa yoki boshqa sabab bilan uzoq qolib ketsa, signal chalinadi va ogohlantiriladi. Shuningdek, ayollar hojatxonasida alohida avtomatik tarzda ishlaydigan savdo burchagi tashkil etilgan. Bunda ayollar farzandlari uchun pampers va shunga o‘xshash narsalarni xarid qilishlari mumkin. Shoxobcha kunu tun ishlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring