Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yoqutistonda havo harorati -56 darajagacha pasaydi

Yoqutistonda havo harorati -56 darajagacha pasaydi

Illyustrativ foto

1-yanvar tongida Yoqutistonning ko‘plab aholi maskanlarida -50 darajadan past harorat qayd etildi.

Xususan:

-50°S — Sangar, Yugoryonok, Ust-Maya;

-51°S — Oxotskiy Perevoz, Itikko‘l, Ust-Mil;

-52°S — Krest-Xaljay, Namsi;

-53°S — Pokrovsk, Amga;

-54°S — Churapcha, Batamay;

-56°S — Oymakon.

Eslatib o‘tamiz, Yoqutiston — dunyoda odam yashaydigan eng sovuq hudud. 1926-yilda geolog Obruchev Oymakonda Selsiy bo‘yicha −71,2 daraja sovuq harortni qayd etgan.

-60 daraja sovuqda insonning himoyalanmagan yuzi salgina shabada essa soniyalar ichida muzlab qoladi, termometrdagi simob muzlaydi, aksariyat avtomobillar umuman o‘t olmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring