Xitoy Pentagondan 10 karra katta harbiy qo‘mondonlik markazi qurmoqda

Pekin yaqinida dunyodagi eng yirik armiya boshqaruv markazi qurilmoqda, u AQSh mudofaa vazirligi qarorgohi — Pentagondan 10 baravar katta. Bu haqda Financial Times gazetasi sun’iy yo‘ldoshlardan olingan suratlar va razvedkadagi manbasiga asoslanib xabar berdi.
Yo‘ldoshlar olgan suratlarda Pekindan 30 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan 6 kvadrat kilometrdan kattaroq qurilish maydoni ko‘rsatilgan. Nashr taxmin qilishicha, asosiy qurilish 2024-yil o‘rtalaridan boshlangan.
Qurilish maydonida ulkan chuqurlar qazilgani e’tiborni tortadi, harbiy ekspertlar ular istalgan urush, jumladan, yadroviy urushda harbiy yetakchilarni himoyalovchi mustahkamlangan bunkerlarga aylantirilishi mumkin, deyishmoqda.
MRBning Xitoy bo‘yicha tahlil bo‘limi sobiq rahbari Dennis Uaylderning fikricha, agar shunday ulkan harbiy markaz qurilayotgani tasdiqlansa, bu Pekin nafaqat jahon darajasidagi odatiy kuch, balki urush olib borish uchun ilg‘or yadroviy salohiyat yaratishga intilayotganidan dalolatdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter