Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Urushga uch yil to‘ldi: Zelenskiy mojaro qachon tugashini istamoqda?

Urushga uch yil to‘ldi: Zelenskiy mojaro qachon tugashini istamoqda?

Kiyevda Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan qo‘shma matbuot anjumani chog‘ida norvegiyalik jurnalist Vladimir Zelenskiydan uch yillik keng ko‘lamli urushdan so‘ng Ukraina va uning xalqidan qanday rejalar borligini so‘radi.

“Umid qilamizki, biz bu urushni uch yildan keyin emas, shu yil yakunlay olamiz”, deb javob berdi Ukraina rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qisqa muddatda Ukrainaga Rossiya hujumlarini oldini olish uchun xavfsizlik kafolatlari kerak. Zelenskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va NATOga qo‘shilishi bunga yordam berishi mumkinligini aytdi.

Jurnalistlar Zelenskiydan AQSh prezidenti Donald Tramp bilan munosabatlari haqida ham so‘rashgan.

Zelenskiy AQSh barcha hamkorlar kabi yordam berishda davom etishiga umid qilishini aytdi.

“Shuningdek, Yevropa va AQSh o‘rtasidagi birlikni yo‘qotmasligimiz kerak”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring