«Shido» bo‘roni qurbonlari soni 20 nafardan oshdi
Fransiyaning dengizorti hududi — Mayotta orolida «Shido» tropik bo‘roni qurbonlari soni 20 nafardan oshdi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar berdi.
Tabiiy ofat oqibatida shifoxonaga tushganlarning 21 nafari olamdan o‘tgan, 45 nafar bemor jonlantirish bo‘limida.
«Mendan qancha odam halok bo‘lganini so‘ramang. Hozir sizga biron bir raqamni aytolmayman», — dedi ayni paytda Mayottada bo‘lib turgan Fransiya ichki ishlar vaziri Bryuno Retayo matbuot anjumanida.
14-dekabr kuni yopirilgan bo‘ron orolni vayron qildi, bu yerdagi vaziyat falokatli, dedi vazir. Kuchli shamol (55 m/s) qo‘l uchida tiklangan kulbalarni butunlay vayron qilib, ko‘p uylarga jiddiy ziyon yetkazgan, ular orasida oroldagi shifoxona ham bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter