Qozog‘istondagi samolyot halokatiga Rossiya raketasi sabab bo‘lgani aytilmoqda
Euronews manbasiga ko‘ra, Rossiya raketasi Aqtauda Ozarbayjon samolyoti halokatiga sabab bo‘lgan.
Rossiyaning yer-havo raketasi Grozniy ustidan uchuvchisiz uchish paytida 8432-reysga uchirilgan va uning bo‘laklari samolyotga zarar yetkazgan holda portlagan, deya xabar beradi Ozarbayjon hukumati manbalari.
Euronews’ga ma’lum qilishicha, shikastlangan samolyot uchuvchilarning favqulodda qo‘nishni so‘rashiga qaramay, Rossiya aeroportlariga qo‘nishga ruxsat berilmagan va Kaspiy dengizi orqali Qozog‘istonning Aqtau tomon uchishi buyurilgan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotning GPS-navigatsiya tizimlari dengiz ustidagi parvoz davomida nosozlikka uchragan.
Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon samolyoti 25-dekabr kuni Qozog‘istonda aviahalokatga uchradi. Oqibatda 38 kishi halok bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter