Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fitna nazariyasi. Mark Sukerberg yong‘inlarni uyushtirishda ayblanmoqda

Fitna nazariyasi. Mark Sukerberg yong‘inlarni uyushtirishda ayblanmoqda

Foto: NBC News / Facebook

AQShda Meta rahbari Mark Sukerbergni Mirtl-Bich (Janubiy Karolina shtati)dagi yong‘inlarda ayblash kampaniyasi avj oldi. Shtatda 175 dan ziyod yong‘in o‘choqlari paydo bo‘lgani, xavfli hududlar aholisi ko‘chirilgani haqida xabar bergandik.

Hukumat vakillari bayonotiga ko‘ra, hammayoq quruqligi va kuchli shamollar tufayli yong‘inlar juda keng tarqaldi va o‘t o‘chiruvchilar tilsiz yov qarshisida ojiz qolishdi. Shunga qaramasdan, ijtimoiy tarmoqlarda fitna nazariyasi ham tarqalmoqda, emishki, texnologiyalar sohasi katta shaxslarining yong‘inda qo‘li bor, ularning maqsadi — Mirtl-Bichni «aqlli shahar»ga aylantirish. Mish-mishlarning ko‘pi bevosita Sukerbergga borib taqalmoqda.

Sukerbergni fazoviy maqsadlar uchun mo‘ljallangan qandaydir lazer quroli yordamida yong‘inlar hosil qilishda ayblashmoqda.

Mish-mishlar ortidan turgan faollardan biri Jon Sabalning ta’kidlashicha, yo‘naltirilgan energiyali qurol qo‘llanilib katta yong‘inlar hosil qilingan. Uning bayonoti politsiyani ham qiziqtirib qo‘ydi, chunki yong‘inlar uyushtirilgani haqida taxminlar ham yo‘q emas edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring