AQShning Janubiy Karolina shtati yong‘in qamalida qoldi (video)

AQShning Janubiy Karolina shtatida kuchli shamol tufayli 175 dan ziyod o‘rmon yong‘inlari kelib chiqdi, deb xabar berdi USA Today.
O‘t o‘chiruvchilar yong‘inga qarshi kurashishni shamol tinganidan so‘ng boshlay olishdi, ammo sinoptiklarning ogohlantirishicha, kuchli shamollar oldinda.
Eng katta yong‘in shtat g‘arbidagi 1 600 akr (6,5 ming gektarga yaqin) maydonni qurshab oldi.
Yakshanba kuni shtatning sohilbo‘yi hududlari aholisi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi. Qo‘shni Shimoliy Karolina shtatida esa dushanba kuni ham evakuatsiya davom etdi.
Sinoptiklar shamol kuchayishidan ogohlantirishmoqda: namlik yetishmasligi va qurg‘oqchilik oqibatlari sababli AQShning markaziy hududlari, jumladan, Arizona, Nyu-Meksiko, Texas va Kanzas shtatlarida ham katta yong‘inlar paydo bo‘lishi xavfi bor.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil yanvarida Kaliforniyadagi sertalafot yong‘inlarga aynan kuchli shamol va quruq havo zamin yaratgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter