Qashqadaryoda yoqilg‘i quyish shoxobchasi yondi: jarohat olganlar bor

Qashqadaryodagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi.
10-mart kuni Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani "Do‘stlik" MFY hududida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobcha hovlisida 2 ta 9 tonnali sig‘im yongan.
Voqea joyiga qutqaruv xizmatida 4 ta yong‘in qutqaruv bo‘linmalari yetib borib, yong‘in to‘liq o‘chirgan.
FVV rasmiy xabariga ko‘ra, yong‘in oqibatida 2 nafar fuqarolar kuyish tan jarohatini olgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. Halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.
Yong‘in sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter